Jamol Belmadi: "Bugun kuchli bo'lganimiz uchun g'alaba qozondik"

Nadirkhuja Yuldashev
20 apr 2016, 21:10
OCHL 5-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Lahviya" uchrashuvidan (0:2) keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Jamol Belmadi qatnashdi.

"Toshkentga g'alaba uchun kelgan edik. Jamoamning bugungi o'yinidan va qo'lga kiritilgan 3 ochkodan xursandman.

Raqibning zaif tomonlar haqida gapirish mening ishim emas, bu hurmatsizlik bo'lar edi. Bugungi uchrashuvda kuchli bo'lganimiz va omad biz tomonga boqqani tufayli g'alaba qozondik.

Ochkolarga e'tibor beradigan bo'lsak, "Zob Ahan" va biz keyingi bosqichga chiqamiz deb o'ylayman" - deydi "Lahviya" ustozi.


"Murabbiy aytganidek bu uchrashuvda g'alaba qozonish uchun kelgandik. Rejalarimiz amalga oshdi. "Bunyodkor" ikkinchi bo'limda gol urish uchun oldinga o'tib ketishini bilgandik va rejamiz ish berdi" - deydi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Karim Budiaf.


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia