Jamol Belmadi: "Oldimizda Toshkentdan g'alaba bilan qaytish vazifasi turibdi"

Narzulla Saydullayev
11 mar 2018, 15:15
OCHL 4-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Al Duhail" o'rtasidagi o'yindan oldin matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Jamol Belmadi ishtirok etdi.

"Oldimizda Toshkentdan g'alaba bilan qaytish vazifasi turibdi. Bir hafta oldin "Lokomotiv" bilan o'ynagandik. Raqib kuchli va shakllanganligi ma'lum. Har bir o'yinda maksimal natijaga erishishni istaymiz, - deydi Jamol Belmadi.

"Lokomotiv"ga qarshi oldingi o'yin oson o'tdi deya olmayman. Ertaga ham oson bo'lmasligi aniq. Ammo raqibga hurmat saqlagan holda ertaga biz g'alaba qozonishni istaymiz", - deydi Abdulloh Abdulsalom.

- Biz chempionlikka erishgach futbolchilarim erkinlikka berilishmadi. Aksincha ushbu g'alaba bizga ertangi bahsga yordam berishi mumkin. Tarkibda barchaning kayfiyati yaxshi. Toshkentga barcha yetakchilar bilan keldik, hamma ertangi bahsga tayyor.

Qatarda chempion bo'ldik, endi navbat OCHLga. "Lokomotiv"dan alohida bir futbolchini ko'rsata olmayman, raqib jamoaviy shakllangan.

O'tgan o'yinda "Lokomotiv" bilan birinchi taymda yaxshi o'ynadik, ikkinchi taymda esa ikkita gol o'tkazdik. Men ikkinchi taymda biz yomon o'ynadik demayman, raqib kuchli o'ynadi deyman. Biz oldingi bahsdan oldin "Al Sadd" bilan muhim o'yinni o'tkazgandik, - deydi Belmadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia