Rasmiy xabar: Ilhom Mo'minjonov o'rniga "Surxon"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Narzulla Saydullayev
8 fev 2019, 15:06
Bundan bir necha daqiqa oldin "Surxon" futbol klubining navbatdan tashqari yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishni "Surxon" futbol klubi vice - prezidenti Baxrom Mamatkulov olib bordi.

Bugungi kun tartibida asosiy masala "Surxon" futbol klubi bosh murabbiy vazifasini bajarib kelgan Ilhom Mo'minjonov, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi qaroriga qo'ra vaqtincha futboldan chetlashtirilganligi sabab, o'z vazifasidan ozod etiladi - dedi Bahrom Mamatkulov o'z nutqida.

Shu kunga qadar "Surxon" futbol klubida sport direktori lavozimida ishlab kelayotgan Anvar Soliev  "Surxon" jamoasining vaqtinchalik bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Barchamizga o'zining "Paxtakor", "Navbahor" "Bunyodkor" jamoalarida futbolchilik faoliyati bilan tanilgan Anvar Soliev, o'tgan mavsumda Namanganning "Navbahor" jamoasida ham sport direktori lavozimida faoliyat yuritgan edi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Сурхон” матбуот хизмати