

Avstriyalik futbolchi Madrid klubi bilan 5 yilga mo'ljallangan shartnomaga tuzdi.
Oldinroq Alaba Realda yiliga 12 million evro maosh olishi haqida xabarlar chiqqandi. Alaba Bavariyada 12 yil o'ynadi va Myunxen klubini erkin agent sifatida tark etdi.
Bavariya safida Alaba 10 marta Germaniya chempioni bo'ldi, olti bor mamlakat kubogini va besh marta Germaniya Superkubogini qo'lga kiritdi. Himoyachi ikki bor YCHL g'olibi, UEFA Superkubogi va klublar o'rtasidagi Jahon chempioni bo'lgan.




