Rasmiy xabar: Atletiko Diego Kostaning transferini e'lon qildi

Narzulla Saydullayev
21 sen 2017, 19:17
Chelsi hujumchisi Diego Kosta Atletikoga qaytmoqda.
Ikkala klub ham futbolchi Atletikoga o'tganini tasdiqladi. Kosta yaqin orada Madrid klubida tibbiy ko'rikdan o'tadi va shartnomaga qo'l qo'yadi.

Chelsi Kostaning transferidan 60 million evro olishi aytilgandi. Ispaniyalik futbolchi Atletiko safida faqat yanvar oyidan boshlab maydonga tushishi mumkin.

Kosta Chelsi ustozi Antonio Konte bilan urishib qolgani uchun klub ixtiyoriga kelib qo'shilishdan bosh tortdi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/atleti