Rasmiy xabar: "Andijon" futbolchisi "Navbahor"ga o'tdi

Narzulla Saydullayev
27 dek 2020
Mahoratli himoyachi Xushnudbek Avilov "Navbahor" bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

Avilov 1998 yil, 4 avgustda Andijon shahrida tug'ilgan.

Futbolchilik faoliyati davomida “Paxtakor” (Toshkent, 2017-2018 yilning 1-davrasi), “Qo'qon - 1912” (Qo'qon, 2018 yilning 2-davrasi), “Andijon” (Andijon, 2019-2020 yillar) jamoalarida o'ynagan.

Biz Xushnudbek Avilovga “Navbahor”dagi faoliyatida omad yor bo'lishi va chiroyli o'yinlari hamda gollari bilan jamoamizning g'alabalariga munosib hissasini qo'shishiga tilakdoshmiz", - deb yozadi “Navbahor” klubi matbuot xizmati.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz