Rasmiy xabar: Alisher Salimov - "Lokomotiv" futbolchisi

Narzulla Saydullayev
5 yanv 2022, 11:44
Tarkibni yoshartirishga harakat qilayotgan "Lokomotiv" yana bir futbolchi bilan shartnoma imzoladi.

O'tgan mavsumni "Surxon"da o'tkazgan o'ng qanot himoyachisi Alisher Salimov bu yildan "termiryo'lchilar" safida harakat qiladi. Ushbu futbolchi ikki yillik shartnomaga imzo chekdi.

Alisher Salimov 2019-2020 yillar "Paxtakor" sharafini himoya qilgan, biroq u "Surxon"da o'zini yaxshi ko'rsata oldi. Xususan himoyachi o'tgan yil Superliganing barcha 26ta turida maydonga tushishga muvaffaq bo'ldi.

Ma'lumot uchun: Alisher Salimov 1999 yil, 22 iyulda tug'ilgan.

Katta futboldagi faoliyati:

2019 yil. "Paxtakor" 5 o'yin
2020 yil. "Paxtakor" 3 o'yin
2021 yil. "Surxon" 26 o'yin

Shu o'rinda Alisherga "Lokomotiv"ga xush kelibsan deb qolamiz va uning jamoamizdagi faoliyatiga omad tilaymiz", - deb yozadi "Lokomotiv" matbuot xizmati.




Eslatib o'tamiz, 27 dekabr kuni Alisher Salimov "Lokomotiv"ga o'tayotgani haqida xabar bergandik





O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia