Rasmiy xabar: O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi Armanistonga boradi

Narzulla Saydullayev
28 may 2014, 11:54
Sergey Lushan qo'l ostidagi O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi iyun oyida Armaniston U-19 yoshlar terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazadi.
O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasining Armanistonga qarshi birinchi o'yini 12 iyun, payshanba kuni o'tazilsa, ikkinchi o'yin 14 iyun, shanba kuni o'tkaziladi.

O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi 10 iyun kuni Armanistonga jo'nab ketishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Sergey Lushan qo'l ostidagi O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi oktyabr oyida Myanmada tashkil etiladigan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati bahslariga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Musobaqa final bosqichida O'zbekistonning yosh futbolchilari V guruhida Avstraliya, BAA va indoneziyalik tengqurlariga qarshi bahs olib boradi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com