Rasmiy xabar: Filiposyan, Mullajonov, Rahmatullaev va Shog'ulomov "Lokomotiv"ga o'tishdi

Narzulla Saydullayev
8 iyul 2014, 15:10
O'z oldiga yuksak maqsadlarni qo'ygan “Lokomotiv” davralar oralig'ida o'z tarkibini bir necha futbolchilar bilan to'ldirib bormoqda.
Avvalroq Aleksandr Geynrix jamoa tarkibiga kelib qo'shilganini ma'lum qilgan edik. Ushbu mahoratli hujumchidan tashqari “temiryo'lchilar” safiga himoyachilar Artyom Filiposyan hamda Shavkat Mullajonov, yarim himoyachi Dilshod Rahmatullaev va hujumchi Alisher Shog'ulomovlar kelib qo'shildi.

Tarkibga kelib qo'shilgan yangi futbolchilar 10 iyul kuni jamoa tatildan qaytganidan so'ng, “Lokomotiv”da mashg'ulotlarni boshlab yuboradi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz