Rasmiy xabar: Bexrami Gamburgga o'tdi

Narzulla Saydullayev
3 avg 2014
Napoli yarim himoyachisi Valon Bexrami faoliyatini Gamburgda davom ettiradi.
Napoli 29 yoshli shveytsariyalik futbolchini Gamburgga sotganini rasman tasdiqladi. Futbolchi kecha tibbiy ko'rikdan o'tdi va mashg'ulotlarda ham ishtirok etishga ulgurdi

Gamburg Napoliga Bexrami uchun 4,5 million evro to'lashi aytilgandi. Futbolchi yangi klubi safida 20ta o'yin o'tkazganidan so'ng yana 1 million evro to'lanadi.

Oldinroq Bexrami Lugano, Jenoa, Verona, Lacio, Vest Xem va Fiorentina kabi klublarda o'ynagan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru