Rasman: JCH-2018. 2-saralash bosqichi. Qur'ada O'zbekiston 1-savatchada bo'ladi

Narzulla Saydullayev
9 apr 2015, 15:11
14 aprel kuni Osiyo qitasi uchun JCH-2018 ikkinchi saralash bosqichiga qur'a tashlanadi.
Qur'a tashlash jarayoni vaqtida jamoalarni FIFA reytingi bo'yicha savatchalarga bo'lib chiqishadi.

Bugun yangi FIFA reytingi e'lon qilindi. Qur'a tashlashda aynan bugungi reyting asos qilib olinadi. Unga ko'ra oldin taxmin qilinganidek O'zbekiston terma jamoasi 1-savatchadan o'rin oladi.


1-savatcha: Eron, Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya, BAA, O'ZBEKISTON, Xitoy, Iroq
2-savatcha: Saudiya Arabistoni, Ummon, Qatar, Iordaniya, Bahrayn, Vetnam, Suriya, Quvayt
3-savatcha: Afg'oniston, Filippin, Falastin, Maldiv orollari, Tailand, Tojikiston, Livan, Hindiston
4-savatcha: Timor, Qirg'iziston, KXDR, Myanma, Turkmaniston, Singapur, Indoneziya, Butan
5-savatcha: Malayziya, Gonkong, Bangladesh, Yaman, Guam, Laos, Xitoy Taypey, Kambodja

Guruh g'oliblari va to'rtta eng yaxshi ko'rsatkich qayd etgan ikkinchi o'rin sohibi to'g'ridan-to'g'ri Osiyo Kubogi-2019ga hamda JCH-2018 saralash bosqichining hal qiluvchi raundiga yo'l oladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia