Rasman: Yovan Jokich "Navbahor" bilan shartnomasini uzaytirdi

Administrator
8 yanv 2024, 00:50
Bu haqda klub rasman ma'lum qildi.

"Navbahor" klubi jamoa yarim yarim himoyachisi Yovan Jokich bilan shartnomani uzaytirdi.

"Jamoamizning 31 yoshli serbiyalik tajribali yarim himoyachisi Yovan Jokich "Navbahor" klubi bilan tuzilgan shartnoma muddatini uzaytirdi. U 2024 yilgi mavsumda ham "lochinlar" sharafini himoya qiladi.  

Yovan Jokich 2023 yilgi mavsumdagi barcha musobaqalarda "Navbahor" tarkibida 31 ta o'yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga  4 ta gol urgan holda, 1 ta golga assistentlik qildi.    

Bo'lajak mavsumda ham Jokichning chiroyli o'yinlar namoyish etib, gollar urishiga tilakdoshmiz", -deyiladi "Navbahor" klubi bayonotida.      

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: "Навбаҳор" ПФК матбуот хизмати