Rasman: Yangi mavsumda "Atalanta" YCHL o'yinlarini "San Siro"da o'tkazadi
Mirjalol Normatov
12 iyul 2019
"Atalanta" jamoasi yangi mavsumda YCHL o'yinlarini "San Siro" stadionida o'tkazadigan bo'ldi.
"Atalanta"ning iltimosini qabul qilganimizni tasdiqlay olaman. Ular YCHL o'yinlarini "San-Siro"da o'tkazishlari mumkin. Biz ushbu qarorni Milan meri Juzeppe Sala bilan birgalikda qabul qildik", - dedi "Milan" vakillari.