Rasman: "Xorazm" braziliyalik yarim himoyachini jalb qildi

Sherzod Nurmatov
23 yanv 2026, 18:22
"Xorazm" matbuot xizmati yarim himoyachi Elzio Lohan tarkibga qo'shilgani haqida ma'lumot berdi.

24 yoshli markaziy yarim himoyachi Lohan o'tgan mavsum Kiprning "Enosis" jamoasi sharafini himoya qilgan. 

Faoliyati davomida Braziliya, Xorvatiya, Bosniya va Gertsegovinada o'ynagan.

Transfermarkt portali uni 150 ming evroga baholagan.

Avvalroq saytimiz orqali braziliyalik xavbek faoliyatini "Xorazm"da davom ettirishi haqida xabar bergan edik. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Хоразм" матбуот хизмати