Rasman: "Xo'jand" o'zbekistonlik darvozabonni transfer qildi

Mirjalol Normatov
15 yanv 2019
31 yoshli o'zbekistonlik darvozabon Ruslan Matniyozov Tojikiston chempion "Xo'jand" jamoasiga o'tdi.

"Lokomotiv" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblangan Ruslan o'tgan mavsumda "Surxon" sharafini himoya qildi. U o'zining transferi haqida shunday dedi:

- "Xo'jand"ning taklifi menga qiziq tuyuldi. Albatta, o'z kuchimni horijda sinab ko'rishni yana bir marta takrorlashni istayman. So'nggi yillarda O'zbekiston va Tojikiston o'rtasidagi munosabatlar anchagina yaxshi bo'lmoqda. Ana shunday aka-ukadek bo'lgan davlatlarning ko'plab shaharlarida faoliyat olib borayoganimdan xursandman. "Xo'jand" bilan ko'plab g'alabalarga erishib, jamoaning OFK Kubogi guruh bosqichiga yo'llanma olishida o'z hissamni qo'shmoqchiman.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: https://t.me/fft_official