Rasman: "Xetafe" "Barsa" futbolchisini 10 million evroga xarid qildi

Alisher
30 iyun 2020
"Barselona" himoyachi Mark Kukurelyaning "Xetafe"ga sotilganini e'lon qildi.

Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, "Xetafe" Kataloniya klubiga 10 million evro to'laydi. "Barselona" keyingi transfyerdan 10%ini o'ziniki qiladi.

21 yoshli ispaniyalik futbolchi "Barsa" tizimiga 2012 yilda kelgan va 2017 yilning oktyarb oyida Ispaniya Kubogi doirasidagi o'yinning so'nggi daqiqalarida maydonga tushgan holda asosiy jamoada debyut qilgan edi. Bu futbolchining "Barsa"ning asosiy jamoasi tarkibidagi yagona o'yinidir.

Qayd etish kerakki, "Barselona" so'nggi paytlarda o'yinchini ortga qaytarmoqchi edi, ammo "Xetafe" uni xarid qilish huquqidan foydalandi.

Kukurelya joriy mavsum ijara asosida "Xetafe"da o'ynadi. U La Liga doirasidagi 31ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 6ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: fcbarcelona.cat