Rasman: Xedira "Yuventus" bilan shartnomasini uzaytirdi

Aslanov Jasurbek
12 sen 2018, 15:21
Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Sami Xedira "Yuventus" bilan yangi shartnoma imzoladi.

Klub rasmiy sayti bergan ma'lumotga ko'ra, yangi bitim 2021 yilgacha amal qiladi. Avvalgi kelishuv joriy mavsum oxirida yakuniga yetishi kerak edi.

Xedira 2015 yilning yozida "Real"dan "Yuventus"ga erkin agent sifatida o'tgan. U hozirgacha Italiya klubi safida 113ta uchrashuv o'tkazishga muvaffaq bo'ldi.

Joriy mavsum 31 yoshli futbolchi "Yuventus" safida 3ta uchrashuvda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Juventus.com