Xedira Ronalduning "Yuventus"ga kelib o'zgarganini aytdi

Оқил Абдубарноев
4 mar 2022
"Real" va "Yuventus"ning germaniyalik sobiq futbolchisi Sami Xedira jurnalistlarga Krishtianu Ronalduning turinliklar safida qanday o'zgargani haqida gapirib berdi.

Xedira "Yuventus"da butunlay boshqa Ronalduni uchratganini aytdi. Nemis futbolchisi “Real”da Krishtianu ko'proq emocional va egoist bo'lganini, Turin klubida esa u biroz xotirjam, jamoaga kuchliroq ta’sir o'tkaza boshlaganini ta'kidladi. Sami Ronaldu "Yuventus"ning haqiqiy yetakchisiga aylanganini qo'shimcha qildi.

Eslatib o'tamiz, Krishtianu Ronaldu o'tgan yozda turinliklar jamoasini tark etgandi. Ayni damda portugaliyalik forvard "Manchester Yunayted" sharafini himoya qilmoqda.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: ESPN