

Ispaniya terma jamoasi sobiq futbolchisi Xabi Alonso "Bayer" klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Tajribali sobiq futbolchi endi Germaniyada faoliyat olib boradi. Ma'lumot uchun, 2019-2022 yillar oralig'ida Xabi Alonso "Real Sosedad B" jamoasiga ustozlik qilib kelgandi. Alonsoning so'nggi ish joyi "Real" o'smirlar jamoasi edi.
"Bayer" klubi Xabi Alonso bilan 2024 yilgacha shartnoma imzoladi.
Eslatib o'tamiz, "Bayer" hozirda Bundesligada sakkiz turdan so'ng 5 ochko to'plab 17-o'rinni egallab turibdi.



