RASMAN! Vladimir Nazarov - "Neftchi" futbolchisi!

Оқил Абдубарноев
27 yanv 2023, 20:16
O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi posboni Vladimir Nazarov yangi mavsumda Farg'onaning "Neftchi" klubida faoliyat olib boradi.

Avvalroq saytimiz orqali darvozabonning "Neftchi" safiga qo'shilishi haqida xabar bergandik.

Eslatib o'tamiz, Nazarov "Bunyodkor" bilan Abu-Dabiga yo'l olgan futbolchilar ro'yxatidan tushib qolgandi.

20 yoshli darvozabon Aziz Haydarov iste'foga chiqarilganidan keyin "qaldirg'ochlar" safidan ketgan. U 7 yanvar kuni "Bunyodkor" bilan 2024 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma tuzgandi

Ma'lumot uchun, Vladimir Nazarov o'tgan mavsumda "Olimpik" tarkibida jami 14 ta uchrashuvda maydonda harakat qilgan. 

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Нефтчи" ФК матбуот хизмати