

"Marsel" portugaliyalik mutaxassis bilan 2 yillik shartnoma tuzdi. 41 yoshli Boash yiliga 7,2 million evro ishlab topadi. Uning murabbiylar shtabidan sobiq futbolchi Rikardu Karvalyu o'rin oladi.
Villash-Boashning so'nggi ish joyi Xitoyning "Shanxay SIPG" jamoasi bo'lgandi. Shundan keyin u 18 oy futboldan tashqarida bo'ldi.
Ma'lumki, Andre o'z vaqtida Londonning "Chelsi" va "Tottenxem" klublarini ham boshqargan. "Portu" bilan Yevropa ligasida zafar quchgan.



