Rasman. Viera “Beyjin Goan” klubiga o'tdi

Aslanov Jasurbek
19 fev 2018
“Las-Palmas” klubi yarim himoyachisi Xonatan Viera faoliyatini Xitoy Superligasida davom ettiradi.

Futbolchi “Beyjin Goan” klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu ma'lumotni har ikki klub rasmiy saytlari aham tasdiqladi. Shartnoma 3 yil muddatga tuzildi.

Avvalroq, ushbu transfer Kanar orollari jamoasi tarixidagi eng kattasi ekanligi aytilgandi. Joriy mavsumda Viera Ispaniya chempionatida 22ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol kiritishga muvaffaq bo'lgan edi. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: