

"Anderlext" klubi jamoa bosh murabbiyi Vensan Kompani bilan kelishuvni bekor qilganligini ma'lum qildi. Sobiq futbolchi 2020 yilda klubga o'ynovchi murabbiy bo'lib kelgandi. Shundan so'ng, u futbolchilik faoliyatini yakunlab "Anderlext" ustoziga aylangandi.
Turli xil manbalarning ma'lum qilishicha, Kompani katta ehtimol bilan "Byornli" klubiga keladi. Jamoa ushbu mavsum APLda 18-o'rinni egallab, Chempionshipga ravona bo'lgandi.



