Rasman: "Valensiya" Moribani ijaraga oldi

Оқил Абдубарноев
28 yanv 2022
"RB Leyptsig" yarim himoyachisi Ilaish Moriba Ispaniya chempionatiga qaytdi.

"Valensiya" o'tgan yilning avgust oyida "Barselona"dan nemis klubiga o'tgan 19 yoshli yarim himoyachini mavsum oxirigacha ijaraga oldi.

Yozda futbolchi "Barselona" bilan yangi shartnoma imzolashdan bosh tortgandi. "Leyptsig" Iliashni 16+6 million evroga sotib olgandi.

Joriy mavsumda Moriba "Leyptsig"ning 6 ta uchrashuvida qatnashib, jami 100 daqiqani maydonda o'tkazdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: valenciacf.com