Rasman: "Tottenxem" Xil uchun Lamelani berdi va qo'shimcha 25 mln evro to'ladi

Alisher
26 iyul 2021, 18:24
"Tottenxem" "Sevilya" bilan futbolchi almashganini e'lon qildi.

London klubiga yosh ispaniyalik vinger Brayan Xil o'tdi. "Shporlar" 20 yoshli futbolchi bilan 2026 yilga qadar shartnoma imzolashdi.

Teskari yo'nalishda Andalusiyaga yarim himoyachi Erik Lamela yo'l oldi. Ingliz klubi "Sevilya"ga qo'shimcha 25 million evro ham to'ladi.

29 yoshli argentinalik futbolchi ispan klubi bilan uch mavsumga mo'ljalllangan shartnoma tuzdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: tottenhamhotspur.com