Rasman: "Surxon"ga "qog'ozdagi yangi bosh murabbiy" tanlandi

Mirjalol Normatov
4 mar 2023
"Surxon" matbuot xizmati jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlanganini rasman e'lon qildi.

"Jamoamiz bosh murabbiy lavozimiga Sergey Arslanov tayinlandi. Sergey Arslanov O'zbekistondagi eng iqtidorli yangi avlod murabbiylaridan biridir. 2011 yildan boshlab Arslanov murabbiylik faoliyatini bolalar futbolida boshlagan. 2019 yilda O'zbekiston U-16 terma jamoasiga bosh murabbiy bo'lib, mamlakat o'smirlar futbolini rivojlantirishga hissa qo'shgan

2020 yildan 2022 yil yanvarigacha O'zbekiston futbol assosiaciyasi texnik direktori lavozimida ishlagan. O'tgan yili Qirg'izistonda bosh murabbiy bo'lib, “Dordoy” klubiga ustozlik qilgan. Arslonov “Dordoy” bilan OFK kubogida ham ishtirok etgan. Aytish joizki, mutaxassis PRO licenziyasiga ega", - deb yoziladi klub bayonotida.

Ammo "Surxon" mavsum starti arafasida Rauf Inileevni jamoa bosh murabbiyi sifatida tanishtirgandi. Biroq uning Pro-licenziyasi yo'qligi sababli AGMK bilan o'yinga bir kun qolganida Sergey Arslanovni bosh murabbiy sifatida tanishtirmoqda. Bizga ma'lum bo'lishicha, jamoa boshqaruvi to'liqligicha Sergey Tokov qo'lida bo'ladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Сурхон" матбуот хизмати