Rasman: Shakiri - Liverpul futbolchisi

Narzulla Saydullayev
14 iyul 2018
Liverpul Stok Siti yarim himoyachisi Jerdan Shakiri bilan shartnoma tuzdi.

Mersisaydliklar futbolchining 13,5 million funtlik tovon pulini to'lashdi. Qizillar safida 26 yoshli shveytsariyalik 23-raqamda o'ynaydi.

O'tgan mavsumda Shakiri APLda 38 ta o'yinda 8ta gol urdi va 8ta golli pas berdi. JCH-2018da u 4ta uchrashuv o'tkazdi va 1ta gol, 1ta golli pas oshirdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/LFC