Rasman: "Sevilya" fransiyalik futbolchini sotib oldi

Alisher
3 iyul 2019, 18:46
"Sevilya" "Bordo" himoyachisini o'z tarkibiga qo'shib oldi.

Jyul Kunde Ispan klubi 5 yillik shartnomaga imzo chekdi.

20 yoshli futbolchi "Bordo" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Fransiyaning 20 yoshgacha bo'lgan terma jamoasida harakat qilayotgan futbolchi yakunlangan mavsum barcha turnirlarda 41ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assistga erishgan.

Eslatib o'tamiz, "Sevilya" sal oldinroq jamoaning yetakchilaridan biri hisoblanmish Pablo Sarabiya bilan xayrlashgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/SevillaFC