Rasman: Sandro Tonali "Milan" futbolchisi!

Aslanov Jasurbek
8 iyul 2021, 23:20
Yarim himoyachi Sandro Tonali "Milan"da faoliyatini davom ettiradi.

"Milan" klubi rasman Sandro Tonali transferini e'lon qildi. "Breshiya" klubi sobiq futbolchisi "Milan" klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Futbolchi 2026 yilning 30 iyun sanasiga qadar milanliklar safida to'p tepadi.

Avvalroq ushbu transfer qiymati 7 mln evro bo'lishi va yana 5 mln bonus sifatida to'lanishi ma'lum qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: www.acmilan.com