Rasman: Salomon Rondon Rafael Benitesning klubiga o'tdi

Alisher
19 iyul 2019, 12:57
"Vest Bromvich" hujumchisi Salomon Rondon Xitoyning "Dalyan Ifan" klubiga o'tdi.

Bu haqda ingliz klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.

29 yoshli Rondon faoliyatini Venesuelaning "Aragua" klubida boshlagan. U "Vest Bromvich"ga qadar "Las Palmas", "Malaga", "Rubin" va "Zenit klublarida o'ynagan.

"Vest Bromvich" hujumchini 2018/2019 yillar davomida "Nyukasl"ga ijaraga bergan.

Futbolchi aynan o'sha yerda Rafael Benites bilan birga ishlagan.

Forvard 2008 yildan buyon Venesuela terma jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: wba.co.uk