Rasman: Rui Patrisiu “Vulverxempton”ga o'tdi

19 iyun 2018, 09:32
Portugaliya bilan mundialda bo'lib turgan darvozabon o'ziga yangi klub topdi.

“Sporting” bilan shartnomani bekor qilgan Patrisiu erkin agent sifatida APLga ko'chib o'tdi. Futbolchi “Vulverxempton” bilan 2022 yilgacha shartnoma imzoladi. Uning Angliya klubiga o'tishini mashhur futbol agenti Jorje Mendesh amalga oshirdi.


Manba: “Вулверхэмптон” расмий сайти