

Saudiya Arabistoni milliy terma jamoasiga Roberto Manchini bosh murabbiy etib tayinlandi. 58 yoshli murabbiy Saudiya Arabistoni termasi bilan 2026 yilga qadar shartnoma imzoladi. Avvalroq, murabbiyning maoshi yiliga 20 mln evroni tashkil qilishi ma'lum qilingandi.
"Men Yevropada tarix yaratdim. Endi esa Saudiya Arabistonida tarix yaratish vaqti keldi", -deydi Roberto Manchini.
Ma'lumot uchun, Manchini Italiya bilan Evro-2020 musobaqasida g'olib chiqqandi.



