Rasman: Rifat Akramxo'jaev o'z arizasiga ko'ra, "Surxon" jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi

Aslanov Jasurbek
5 iyul 2021, 00:51
Mutaxassisning klubni tark etish sababi ma'lum bo'ldi.

"Surxon" klubi bosh murabbiyi Rifat Akramxo'jaev oilaviy muammolar sabab, o'z arizasiga ko'ra jamoani tark etdi.

Termizliklar shu kunlarda jamoaga yangi bosh murabbiy variantlarini ko'rib chiqmoqda.

Yangi bosh murabbiy e'lon qilingunga qadar jamoani birinchi davra so'nggi turi va ikkinchi davraga katta murabbiy Rustam Aripov va texnik direktor Bahrom Haydarovlar tayyorlaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia