Rasman: "Real" Modrich bilan shartnomani uzaytirdi

Alisher
8 iyun 2022, 17:03
"Real" Luka Modrich bilan yangi shartnoma imzolanganini xabar qildi.

Yangi kelishuv 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Madrid klubi va 36 yoshli yarim himoyachi o'rtasidagi oldingi bitim ushbu yilning yozida yakunlanishi kerak edi.

Luka 2012 yildan beri "Real"da o'ynaydi. U klub bilan 20ta sovringa ega chiqqan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: realmadrid.com