Rasman: Raneri Italiya klubi bosh murabbiyiga aylandi

Eldor Akmurzayev
24 dek 2022, 07:40
Klaudio Raneri "Kalyari"ga qaytdi.

71 yoshli murabbiy bilan kelishuv 2025 yil iyuniga qadar tuzildi. "Kalyari" ayni vaqt B Seriyada 14-o'rinda bormoqda. Raneri 1988-1991 yillarda mazkur jamoada ishlagan va uni 1989 yil S Seriyadan B Seriyaga olib chiqqan, keyin esa 1990 yil yuqori divizionga ko'tarilgandi.

Taniqli mutaxassisning oxirgi ish joyi esa “Uotford” bo'ldi. U 2022 yil yanvarida jamoa boshqaruvidan ketdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: cagliaricalcio.com