Rasman: "Qizilqum" Shoahmedov, Ilyosov va Orifxo'ja Abduholiqov bilan shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
27 yanv 2022, 10:50
Navoiyning "Qizilqum" klubi yana uch nafar futbolchi bilan shartnoma tuzganini rasman e'lon qildi.



Orifxo'ja Abduholiqov - “Qizilqum” jamoasi futbolchisi

Toshkentning “Oqtepa” jamoasida tanilgan, “Zomin” va Yaypanning “Turon” jamoalarida ham o'z o'yinlarini o'tkazgan, Pro ligada bir necha bor to'purar bo'lgan Orifxo'ja Abduholiqov yangi mavsumni “Qizilqum” jamoasi safida boshlaydi.

Orifxo'ja Abduholiqov haqida qisqacha ma'lumot:

Ismi sharifi: Orifxo'ja Abduxoliqov
Tug'ilgan joyi: Toshkent
Tug'ilgan sana: 21.02.1995
Millati: o'zbek
Amplua: hujumchi
Orifxo'ja Abduholiqov to'p tepgan jamoalar: "Oq-tepa", "Nurafshon", "Zomin", "Turon".




Javohir Ilyosov - “Qizilqum” jamoasi futbolchisi


“Mashal” akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo'lgan, O'zbekiston terma jamoasiga doimiy nomzod, faoliyati davomida Muborakning “Mashal”, Bekobodning “Metallurg”, Toshkentning “Lokomotiv” jamoalarida o'zining mahoratini ko'rsata olgan, mahoratli darvozabon Javohir Ilyosov boshlanadigan mavsumni “Qizilqum” jamoasi safida boshlaydi.

Javohir Ilyosov haqida qisqacha ma'lumot:

Ismi sharifi: Javohir Ilyosov
Tug'ilgan joyi: Chiroqchi, Qashqadaryo
Tug'ilgan sana: 06.02.1994
Millati: o'zbek
Amplua: darvozabon
Javohir Ilyosov to'p tepgan jamoalar: “Mashal”, “Metallurg”, “Lokomotiv”.




Sanjar Shoahmedov - “Qizilqum” jamoasi futbolchisi


O'zbekistonning 3 karra chempioni, faoliyati davomida Tailandning “Trenganu” va Qatarning “Al Sayliya” jamoalarida to'p surgan hamda jamoalarning asosiy futbochisiga aylana olgan, tajribali yarimhimoyachi Sanjar Shoahmedov yangi mavsumni “Qizilqum” jamoasida boshlaydi.

Sanjar Shoahmedov haqida qisqacha ma'lumot:

Ismi sharifi: Sanjar Shoahmedov
Tug'ilgan joyi: Toshkent
Tug'ilgan sana: 23.09.1990
Millati: o'zbek
Amplua: yarim himoyachi
Sanjar Shoahmedov to'p tepgan jamoalar: AGMK, “Lokomotiv”, “Al Sayliya” (Qatar), “Trengganu” (Malayziya).



Eslatib o'tamiz, "Qizilqum" bungacha Temurxo'ja Abduholiqov, Aleksandar Stanislavlevich, Boburbek Yo'ldoshev va Shuhrat Muhammadiev bilan ham shartnoma tuzgandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia