Rasman: PSJ Tuxelning iste'fosini e'lon qildi

Alisher
29 dek 2020, 14:46
Tomas Tuxel PSJdan ketmoqda.

Klub matbuot xizmatining xabariga ko'ra, nemis mutaxassisining iste'fosi borasidagi qaror jamoaning sport ko'rsatkichlari chuqur tahlil qilingandan so'ng qabul qilindi.

"Tomas Tuxel va uning shtabiga klub uchun bergan barcha narsalari uchun minnatdorchilik bildiraman. Tomas o'z ishiga katta kuch va ishtiyoq sarf qildi va albatta biz yaxshi o'tkazgan vaqtlarimizni eslaymiz. Unga eng yaxshilarini tilayman", - deydi PSJ prezidenti Nosir Al Xelayfi.

Tuxel PSJni 2018 yilning iyulidan beri boshqarayotgan edi. Jamoa uning qo'l ostida barcha musobaqalarda 127ta o'yin (95 g'alaba, 12 durang va 20 mag'lubiyat) o'tkazdi.

Parijliklar ikki chempionlik tituli, Fransiya Kubogi va liga Kubogini qo'lga kiritishdi. Avgustda PSJ Chempionlar Ligasi finalida o'ynadi.

Xabarlarga ko'ra, francuz klubining yangi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: psg.fr