Rasman: PSJ himoyachisi “Borussiya D”ga o'tdi

Eldor Akmurzayev
25 iyun 2020
Bu haqda dortmundliklar matbuot xizmati xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, PSJ a'zosi Toma Mene erkin agent sifatida Germaniya klubi safiga kelib qo'shilgan. 28 yoshli belgiyalik bilan kelishuv esa 4 yilga tuzildi.

Mene joriy mavsum parijliklar libosida 27ta bahsda qatnashdi va 1+2 natija ko'rsatdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/BVB