Rasman: Podolski “Vissel Kobe”dan ketdi

Eldor Akmurzayev
18 yanv 2020
Germaniyalik hujumchi Lukas Podolski Yaponiyaning “Vissel Kobe” jamoasi bilan xayrlashdi.

Futbolchining shartnomasi yanvar oyida tugagani bois tomonlar kelishgan holda uni uzaytirmaslikka qaror qilishgan. 

34 yoshli forvard kobeliklar safiga 2017 yil “Galatasaroy”dan o'tgandi. U Yaponiya klubi libosida 60 o'yinda qatnashib, 17+12 ko'rsatkichni qayd etdi. 

Avvalroq, Lukasning Malayziya jamoasi bilan muzokara o'tkazayotgani hamda "Kyoln"ga qaytishi mumkinligi haqida xabar bergandik. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/visselkobe