Rasman: Perishich “Bavariya”ni tark etdi

Eldor Akmurzayev
9 sen 2020, 19:50
Myunxenliklar yarim himoyachi Ivan Perishichni “Inter”dan ijaraga olishgandi.

“Qizillar” 31 yoshli futbolchining Italiyaga qaytishini ma'lum qildi. Uning “neradzurrilar” bilan amaldagi kelishuvi esa 2022 yilgacha tuzilgan.

Perishich “Bavariya” safida 35 o'yinda qatnashib, 8+10 natija ko'rsatgan holda jamoa bilan treblga erishdi.

Avvalroq, myunxenliklar ijara muddati tugagani sabab Filippe Koutinoni “Barselona”ga, Alvaro Odriosolani esa “Real”ga qaytarib yuborishgan edi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: fcbayern.com