

"Jamoamiz polshalik hujumchi bilan shartnoma imzoladi. 32 yoshli futbolchining oxirgi jamoasi Finlyandiyaning "KuPS" klubi bo'lgandi. U erkin agent sifatida safimizga kelib qo'shildi.
Parjishek faoliyati davomida Niderlandiyaning "De Graafsxap", "Zvolle", "Emmen", Angliyaning "Charlton", Belgiyaning "Sent Tryuyden", "Molenbeek", Daniyaning "Randers", Polshaning "Piast", "Pogon", Italiyaning "Frozinone", Ispaniyaning "Leganes" klublarida ham o'ynagan. Polsha va Finlyandiya chempionatlarida "Piast" hamda "KuPS" klublari bilan g'olib bo'lgan.
Hujumchi sobiq jamoasi safidagi so'nggi golini UEFA Konferenciyalar Ligasining so'nggi turida safarda "Kristal Pelas"ga urgandi", – deyiladi xabarda.


Avvalroq "Paxtakor" tarkibiga "Leganes" va "Frozinone" sobiq hujumchisi kelib qo'shilishi haqida xabar bergan edik.



