Rasman: "Paxtakor" asosiy himoyachisi bilan shartnomani uzaytirdi

Sherzod Nurmatov
28 dek 2022, 13:34
Hojiakbar Alijonov "Paxtakor"da yana ikki yil qoladigan bo'ldi.

Bu haqda "sherlar" matbuot xizmati xabar berdi.

Klub tarbiyalanuvchisi, o'ng qanot himoyachisi "sherlar" bilan shartnomasini ikki yilga uzaytirdi.



2017 yil asosiy tarkibda debyutini o'tkazgan Alijonov "Paxtakor" bilan 4 karra O'zbekiston chempioniga aylanib, 2 martadan O'zbekiston Kubogi va Superkubogi, bir bor Liga Kubogida g'olib bo'lishga ulgurdi. Jamoa tarkibida Hojiakbar barcha musobaqalarda 149 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol muallifiga aylangan. Endi u 2024 yil oxirigacha "Paxtakor" uchun o'ynashda davom etadi.

Avvalroq "Paxtakor" u bilan shartnomani 2 yilga uzaytirgani haqida xabar bergan edik. Ushbu xabarimiz bugun o'z tasdig'ini topdi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати