Rasman: Patrik Klyuyvert "La Masiya"ning yangi direktori

Alisher
25 iyul 2019
Gollandiyalik sobiq futbolchi Patrik Klyuyvert "Barselona"ga qaytdi.

U klub bilan ikki yillik, yani 2021 yil iyunga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi.

U 2018 yil yozda Kamerun terma jamoasi bosh murabbiyi Klarens Zeedorfning murabbiylar shtabi tarkibiga kirgan edi.

43 yoshli gollandiyalik "ko'k-anorranglilar" tarkibida 1998-2004 yillar harakat qilgan. U bu vaqt davomida 308ta o'yinda maydonga tushib, 145ta gol urishga erishgan.

Klyuyvert futbolchilik faoliyati davomida "Barselona"dan tashqari "Ayaks", "Milan", "Nyukasl", "Valensiya", PSV va "Lill" klublarida to'p surgan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/fcbarcelona