

"Loko" tarkibida 3 bora mamlakat chempioni bo'lgan futbolchi jamoaning Turkiyadagi yig'inlarida ishtirok etmoqda.
"Tajribali chap qanot himoyachisi klubimiz bilan shartnoma imzoladi. Ushbu mavsumdayoq o'z oldiga elitaga qaytishni maqsad qilayotgan "Lokomotiv" o'z tarkibini shu yo'lda kuchaytirishda davom etmoqda.
"Lokomotiv" tarkibida 124 o'yinda qatnashib, 8 gol urgan Oleg Zoteevni jamoamizga qaytgani bilan tabriklab qolamiz!", - deb yoziladi klub bayonotida.




