Rasman: Obameyang "Barselona"ga o'tdi

Narzulla Saydullayev
2 fev 2022, 16:02
Per-Emerik Obameyang "Barselona"ga ko'chib o'tdi.

Gabon terma jamoasining 32 yoshli futbolchisi erkin agent sifatida Kataloniya klubiga o'tdi va "Arsenal" bilan shartnomasini buzdi.

Obameyangning "ko'k-anorranglilar" bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Oldinroq “Barsa” futbolchini ijaraga olmoqchiligi, biroq klublar hujumchining maoshi uchun xarajatlarni taqsimlash borasida kelisha olmagani haqida xabar berilgandi.

Obameyang joriy mavsumda Premer-ligada 14 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbarcelona.com