Rasman: "Nyukasl" 70 mln evrolik transferni amalga oshirdi

Alisher
26 avg 2022, 18:46
"Nyukasl" ushbu yozdagi eng qimmat transferlardan birini amalga oshirdi.

"Real Sosedad" hujumchisi Aleksandr Isak Angliya klubiga 70 million evro evaziga o'tdi.

Ushbu narx bonuslar bilan birga 75 million evrogacha chiqishi mumkin.

Isak o'tgan mavsum san-sebastyanliklar safida barcha musobaqalarda 41ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 3ta assist qayd etdi.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: nufc.co.uk