Rasman: "Neftchi"dan bomba transfer!

Tolibjon Qosimov
8 yanv 2025, 15:29
"Neftchi" yangi mavsum uchun tarkibni kuchaytirish ishlarini davom ettirmoqda.

Biroz avval farg'onaliklar safiga Jamshid Boltaboev kelib qo'shilgani xabar qilingan edi.

Bugun "Neftchi" PFK rahbariyati milliy terma jamoamiz a'zosi, tajribali va mohir yarim himoyachi Jamshid Iskanderov bilan shartnoma imzoladi.

Ma'lumot o'rnida, 1993 yil 16 oktyabr sanasida Urganch shahrida tavallud topgan Jamshid Iskanderov  professional futboldagi faoliyatini Samarqandning "Dinamo" klubida boshlagan. Keyinchalik poytaxtimizning “Paxtakor" va "Lokomotiv", Janubiy Koreyaning "Seongnam" jamoalarida to'p tepdi. O'tgan 2024 yil futbol mavsumini futbolchi "Navbahor" safida o'tkazib, Superliganing bronza medalini qo'lga kiritdi.

Eslatib o'tamiz, "Championat.asia" saytimizda 2024 yilning 28 noyabr sanasida bu transfer haqida xabar chop etilgan edi >>>>> Eshitdik-da! O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi "Neftchi"ga o'tadi

 

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати