Rasman: "Napoli" yangi futbolchi sotib olganini tasdiqladi
13 iyul 2019, 19:20
A Seriya yetakchilaridan biri "Napoli" Kostas Manolasning transferini rasman e'lon qildi.
Neapolliklar 28 yoshli himoyachini 36 mln. evro evaziga "Roma"dan sotib oldi. Manolas "Napoli" bilan 2024 yilga qadar mo'ljallangan 5 yillik shartnomaga imzo chekdi.
Gretsiyalik futbolchi yiliga 4,5 million evro olishi aytilgan.