Rasman: Nani faoliyatini Avstraliyada davom ettiradi

Sherzod Nurmatov
12 iyul 2022
"Melburn Viktori" klubi portugaliyalik qanot yarim himoyachisi Nani bilan shartnoma imzoladi.

35 yoshli futbolchi bilan 1 yillik kelishuv tuzildi. Yaqin kunlarda u mavsumoldi tayyorgarlikni olib borayotgan jamoa safiga qo'shiladi.

"Men "Melburn"da o'ynashni intiqlik bilan kutyapman, ushbu chaqiruv menga qiziq. Ko'rganlarimdan xulosa qiladigan bo'lsam, bu jamoa liganing eng kuchli klubi. Muxlislarning tribunada yaratadigan muhiti Yevropadagidan qolishmaydi", – dedi Nani.

Nani "Melburn"ga erkin agent sifatida keldi. U o'tgan mavsumning ikkinchi yarmida "Veneciya"da o'ynadi va jamoa safida 10 ta o'yinda 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: melbournevictory.com