Rasman: Nagelsmann - Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi

Omonjon To`xtamirzayev
22 sen 2023
Germaniya futbol ittifoqi (DFB) Yulian Nagelsman Germaniya milliy terma jamoasi bosh murabbiyligiga tayinlanganini e'lon qildi.

36 yoshli murabbiyning shartnomasi 2024 yil 31 iyulga qadar mo'ljallangan.

Nagelsmanning assistentlari Germaniya termasining sobiq futbolchilari Sandro Vagner va Bendjamin Glyuk bo'ladi.

Nagelsman 10 sentyabr kuni iste'foga chiqarilgan milliy terma jamoaning sobiq bosh murabbiyi Xans-Diter Flik o'rnini egalladi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Bild